Toshkentda soxta koll markaz tashkil qilgan jinoiy guruh ushlandi (video)
3-sahifa
−
17 mart
6270Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida soxta koll markaz tashkil qilib, 15 mingdan ortiq kishining ma’lumotini yig‘gan jinoiy guruh ushlandi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Toshkent shahar IIBB axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir guruh shaxslar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uylardan birini ijaraga olib, u yerda koll markaz faoliyatini yo‘lga qo‘ygani aniqlangan. Ular fuqarolarga soxta qo‘ng‘iroqlar orqali firibgarlik yo‘li bilan ularni aldab, mol-mulkini talon-toroj qilish bilan shug‘ullanib kelgan.
Ushbu jinoiy guruhda 2 nafar tashkilotchi va 20 ga yaqin operator faoliyat yuritgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilardan 15 mingdan ortiq abonent raqamlari, shaxsga doir ma’lumotlari, giyohvandlik moddalari, 35 dona aloqa vositasi, 10 dan ortiq plastik kartalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278 prim 4-moddasi (Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida Toshkent va Farg‘onada O‘zbekistondan turib Rossiya fuqarolarining juda katta miqdorda pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib kelayotgan jinoiy guruh ushlangandi.
LiveBarchasi