O‘zbekistondan turib rossiyalik keksalarni chuv tushirgan firibgarlar guruhi fosh bo‘ldi
3-sahifa
−
04 fevral
12066Toshkent va Farg‘onada O‘zbekistondan turib Rossiya fuqarolarining juda katta miqdorda pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib kelayotgan jinoiy guruh ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025 yil 24 yanvar kuni o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlarida 1986 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan guruh rahbari o‘z qo‘l ostida jinoiy tuzilmalarni tashkil qilib, Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining pul mablag‘larini noqonuniy ravishda o‘zlashtirish bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan.
“Shunday bo‘ladiki, bitta telefonda Sberbank karta va UzCard joylashadi. Bu qanday bo‘ladi? Aytaylik, jabrlanuvchiga telefon qilinadi. Mening odamim uning nomiga ochilgan kartani taqdim qilib, pulni o‘tkazib berishini aytadi. Bir vaqtning o‘zida mablag‘ni UzCard’ga o‘tkazish bilan shug‘ullanadi”, deydi jinoiy guruh rahbari.
Surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, ushbu jinoiy tuzilma faoliyatiga nafaqat farg‘onaliklar, balki rossiyalik shaxslar ham jalb etilgan va ular bilan jinoiy maqsadlar yo‘lida doimiy aloqa o‘rnatilgan. Yuqoridagi shaxslar Farg‘ona shahrida 2 ta va Toshkent shahrida 1 ta call-markazlar niqobi ostida jami 32 kishidan iborat jinoiy tuzilma tashkil etgan.
Jinoiy guruhga rahbarlik qilgan shaxsning aytishiga ko‘ra, u mazkur sxemaning ishlashi bo‘yicha firibgarlarni Rossiyada o‘zlashtiradi va axborot texnologiyalaridan foydalanib, odamlarni aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan ularning ko‘p miqdordagi mulkini qo‘lga kiritish usullarini o‘rganadi. Farg‘onaga qaytganidan keyin esa ushbu jinoiy rejani amalga oshirishga kirishgan.
Jinoiy guruh a’zolari tomonidan Farg‘ona shahrida tashkil etilgan call-markaz faoliyatining ishlash sxemasi o‘ta murakkab shaklda tayyorlangan. Mazkur jinoiy sxemada ishtirok etgan shaxslar internetning “darknet” qismidan Rossiyada istiqomat qiluvchi biologik faol qo‘shimchalarni xarid qilgan fuqarolar haqida shaxsiy ma’lumotlarni sotib olishga erishgan.
Jinoiy sxema faoliyati uchta guruhga ajratilgan holda davom ettiriladi. Birinchi guruh jismoniy shaxslardan daromad solig‘i, ikkinchi guruh yaratuvchilar guruhi va uchinchi guruh minfin guruhi.
Olti nafar a’zodan iborat jismoniy shaxslar daromad solig‘i guruhining har biri 200-300 nafardan fuqarolarga telefon orqali fuqarolarni aldashga uringan. Ular o‘zlarini tergov qo‘mitasining vakili deya tanishtirgan. “Sizga pul to‘lovi bor, 580 ming rubl miqdorida” kabi gaplarni aytgan.
Yaratuvchilar guruhi soliq inspeksiyasi nomidan fuqarolarga soliq to‘lovlarini amalga oshirish kerakligini xabar bergan va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilgan.
Uchinchisi – minfin guruhi Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi yuriskonsulti nomidan jismoniy shaxslarga daromad solig‘i to‘langanidan so‘ng belgilangan vaqtda kompensatsiya pulini olishlari mumkinligi haqida qo‘ng‘iroq qilgan.
“Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida mazkur jinoiy guruhning Farg‘ona va Toshkent shaharlaridagi nuqtalari aniqlanib, Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ( Firibgarlik) 3-qismi “g” bandi va 278-moddasining (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) tegishli bandlari bilan jinoyatchi qo‘zg‘atilib, jami 32 nafar shaxs protsessual tartibida ushlanganga muvofiq chora-tadbirlar ko‘rildi”, deydi Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi TB tergovchisi Nurmuhammad To‘ychiyev.
Bildirilishicha, firibgarlar asosan internet telefoniya xizmatlari orqali Rossiya Federatsiyasida istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, ular tomonidan xarid qilingan biologik faol qo‘shimchalar qalbaki bo‘lgani, shu bois davlat tomonidan mazkur zarar moddiy tomondan qoplab berilishini aytib, o‘zlarini konsultant xodim deb tanishtirgan. Ishonchga kirishgach, fuqarolarga mazkur mablag‘larni olish uchun ularga plastik kartalarni berishadi. Ushbu kartalarga turli ko‘rinishdagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, va’dalarni bajarmasdan, plastik kartalariga tushgan pullarni o‘zlarida bo‘lgan boshqa shaxslarning hisob raqamlariga o‘tkazib, jinoiy yo‘l bilan topilgan pul mablag‘larini o‘zaro taqsimlab kelishgan. Ayni paytda ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida pullaringizni oz fursat ichida ko‘paytirib beraman, deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar treyderlar qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

