Toshkentda sobiq deputat Dusov YPX hodimlari bilan janjallashdi

3-sahifa

image
“Barselona” Messining “shohona” shartnomasiga munosabat bildirdi north_east

“Barselona” Messining “shohona” shartnomasiga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq deputat Qobil Dusovning yo‘l-patrul xizmati xodimlari ialabiga bo‘ysunmas, ular bilan janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB Qobil Dusov bilan bog‘liq holatga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 26 yanvar kuni soat 23:30 da YPX inspektori serjant J.To‘raboyev Yashnobod tumanidagi Mirzo Ulug‘bek va Sultonali Mashhadiy ko‘chalari kesishmasida xizmat olib borishi davomida jezl va hushtak bilan Captiva rusumli avtomobil haydovchisiga to‘xtash haqida ishora bergan. Ammo haydovchi ichki ishlar xodimining qonuniy talabini mensimasdan harakatni davom ettirgan.

Avtomobil tez orada Mirzo Ulug‘bek va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida to‘xtatilgan. Avtomobilni boshqarib borgan 36 yoshli Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi Qobil Dusov inspektorga transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni taqdim qila olmagan. Yo‘lovchi sifatida avtomobilda transport vositasi egasi — 42 yoshli Feruza B. ham bo‘lgan. Haydovchi va yo‘lovchi YHXB YPX inspektorlari bilan janjal boshlab, o‘z xizmat faoliyati va egallab turgan lavozimlaridan kelib chiqqan holda ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslikni talab qilgan.

Muloqot davomida yo‘l-patrul xizmati haydovchi spirtli ichimlik ta’siri ostida ekanligidan shubhalanib, uni ekspertizaga borishni taklif qilgan. Haydovchi avval bosh tortib, keyin tekshiruvdan o‘tishga rozi bo‘lgan. Alkotestor haydovchi tomonidan chiqarilgan nafasda 0,660 mg/l alkogol konsentratsiyasi borligini aniqlagan.

Qobul Dusovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasi birinchi qismi (“Transport vositalarini mast holda boshqarish”) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Feruza B.ga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasi uchinchi qismi (“Alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish”) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Qobil Dusov

Baholaganlar

656

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing