“Barselona” Messining “shohona” shartnomasiga munosabat bildirdi
Sport
−
01 fevral 2021 12557 1 daqiqa
Avvalroq, “Barselona” klubining hujumchi Lionel Messi bilan 2017 yilda tuzilgan shartnomasining moliyaviy qismi OAVda tarqalgani haqida xabar bergan edik. Klub shartnomaning “El Mundo” gazetasida tarqalganiga munosabat bildirdi.
“El Mundo” gazetasida e’lon qilingan ma’lumot tarqalib ketganidan klub afsusda ekanini ma’lum qilamiz. Chunki bu ikki tomon o‘rtasida tuzilgan yopiq shartnoma hisoblanadi. “Barselona” bu ma’lumot tarqalishida aloqasi borligini rad etib, El Mundo gazetasiga qarshi sud tartibida harakatni boshlaydi.
“Barselona” Messini har qanday holatda qo‘llab-quvvatlaydi. Lionel klubda o‘ynab, futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchiga aylandi va biz uning imijiga salbiy ta’sir qilishlariga yo‘l qo‘ymaymiz”, deyilgan klub saytida e’lon qilingan bayonotda.

Ma’lumot uchun, OAVda tarqalgan ma’lumotlarda Messi 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan shartnoma orqali 555 mln yevro ishlab olishi belgilangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025