Toshkentda sirdaryoliklar uchun xayriyalarni to‘plash qanday tashkil etildi?

Jamiyat

Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida “Sardoba” suv omborida ro‘y bergan to‘g‘on yorilishi natijasida talafot ko‘rganlar uchun markazlashgan insonparvarlik yordamini to‘plash markazi tashkil qilindi.  QALAMPIR.UZ ushbu markaz tashkil etilganidan yarim soat o‘tar-o‘tmas, voqea joyiga yetib bordi.

“Bu odamlarning g‘oyasi. Sardoba voqealari jabrlanuvchilariga yordam berishda birinchi daqiqalardanoq tashabbus bilan chiqishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z yordamini bermoqchi bo‘lganlarning murojaati paydo bo‘ldi. O‘zingizga ma’lum, hozirgi vaziyatda yuborilayotgan mahsulotlarning sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilgan holda dezinfeksiyadan o‘tkazilishi juda muhim. Shundan kelib chiqib, Toshkent shahar hokimi boshchiligida mana shu markaz tashkil etildi. 

Bunday vaziyatga moslashish nuqtai nazaridan katta tajribamiz yo‘q. Joyida o‘rganyapmiz.

Ba’zan ijtimoiy tarmoqlarda odamlarimiz boqimanda bo‘lib qolyapti, deyishadi. Yo‘q, bizning odamlarimizdek saxovatpesha odamlar yo‘q. Millati va dinidan qat’i nazar jipslashishyapti. Bir kishi yangi kiyimlar olib kelibdi. Yana bir hamyurtimiz 4 buxanka non olib kelgan. Endi tasavvur qiling, o‘sha inson qancha maosh oladi, o‘zining bugungi sharoiti qanday... Shunga qaramay, odamlarga yordam qo‘lini cho‘zyapti”, deydi Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxo‘jayev. 

Xayriya markazi ochilganiga ko‘p bo‘lmadi, ammo ko‘ngillilar qatorida tadbirkorlar ham faol.

Bugungacha O‘zbekistonda bu kabi yirik ofatlar kuzatilmagani sabab xayriya markazlari faoliyatiga u qadar katta ehtiyoj sezilmagan. Pandemiya davrida esa bunday holatlarni markazlashtirish, tizimlashtirish ishlari bo‘yicha biroz tajriba to‘plandi. Ana shu tajriba bugun Sirdaryodagi voqealarda ham as qotmoqda.

Ko‘ngilli fuqarolar ushbu markazga murojaat qilgan holda Sirdaryodagi voqeadan aziyat chekkan yurtdoshlarimizga kiyim kechak, oziq ovqat mahsulotlari, dori darmon va antiseptik vositalarni yuborishlari mumkin. To‘plagan buyumlar va mahsulotlar har kuni Toshkent  shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi nazorati ostida joylarga yetkazib beriladi.

Sirdaryo viloyatb aholisiga yordam ko‘rsatish uchun alohida hisob raqamlar ham ochildi. 

Raqamlar quyidagicha: 

1. Yuridik shaxslar uchun 
23120000900001172001
MFO 01172
Poytaxt bank

2. Jismoniy shaxslar naqd pul o‘tkazishlari uchun
23116000400001172001

3. Payme va Click orkali pul o‘tkazmalarni 
6262962209799486 
Poytaxt bank


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar hokimligi Sirdaryo fojiasi

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing