Toshkentda sifatsiz dorilarni 16 600 dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
16 iyun 2830 1 daqiqa
Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini 16 600 AQSH dollariga sotayotgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Bektemir tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro F.O. fuqaro M.X. ga xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini kafolatlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 1 000 dona ARAGAN nomli dori vositasini 215 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni AQSH dollarida hisoblab 16 600 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dori vositalari va 400 mln so‘mlik tibbiyot jihozlarining savdoga chiqarilishini oldi olingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr