Toshkentda shifokorlarni kaltaklaganlar ushlandi
3-sahifa
−
27 iyul
8082Avvalroq, Toshkent shahrida 27 yoshli bemor va uning do‘stlari shifokorlarni do‘pposlagani haqida xabar berilgandi. Tibbiyot xodimlarini kaltaklashda gumon qilinganlar protsessual tartibda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkentdagi 1-son shahar klinik shifoxonasida ikki nafar shifokorga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, xirurgik amaliyotga tayyorlash vaqtida bemor shifokor-mikroxirurg M.X.ga jiddiy qarshilik ko‘rsata boshlagan va tibbiyot xodimiga tarsaki tushirib, uni haqorat qilgan va operatsion stoldan tushib, shifokorni qattiq do‘pposlay boshlagan. Shundan keyin shifokor M.X. ichki ishlar organlariga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyat yuzasidan navbatchi qismga ma’lumot bergan. So‘ng shifokor M.X. bemorning o‘rtoqlari – P.I. va S.B.lar tomonidan ham kaltaklangan. Shu vaqtda shoshilinch xirurgiya bo‘limining navbatchi shifokori H.U. bemorga xirurgik amaliyotni bajarish uchun operatsion blokka kelgan. P.I. va S.B.lar bu tibbiyot xodimini ham ayovsiz do‘pposlab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 26 yoshli yigit chaqiruv bo‘yicha kelgan tez tibbiy yordam shifokorini kaltaklagandi.
LiveBarchasi