Toshkentda shifokorlar ish vaqtida janjallashdi
3-sahifa
−
15 iyun 2023 12069 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan klinikada ishlaydigan xodimlar o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 14 iyun kuni taxminan soat 18:00 atrofida Chilonzor tumani 6-mavze hududida joylashgan klinika binosida yuz bergan. 1982 yilda tug‘ilgan K.A. va 1982 yilda tug‘ilgan U.X. o‘zaro ish faoliyati yuzasidan tortishib qolib, janjallashib qolgan. Janjal oqibatida fuqaro K.A. shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi aytilgan.
Live
Barchasi