Toshkentda sardobaliklar uchun xayriyalarni qabul qilish to‘xtatildi
Jamiyat
−
03 may 2020
6164Avvalroq, Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Sirdaryodagi “Sardoba” suv omborining yorilishi oqibatida jabr ko‘rgan fuqarolarga xayriyalarni yuborish markazi tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Markaz toshkentliklarning xayriyalari bilan to‘lib toshdi. Toshkent shahar hokimligi esa Sirdaryo viloyatidan kelib tushgan iltimos ko‘ra kichim-kechak, oziq-ovqat ko‘rinishidagi xayriyalarning qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi.
“Sardobada suv toshqinida jabr ko‘rgan oilalarga yig‘ilgan mahsulotlardan kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak va uy-ro‘zg‘or buyumlari, dori-darmon hamda sanitariya va gigiyena vositalari yetarli darajada yetkazilganini ma’lum qilib, xayriya ishida qo‘shgan hissangiz uchun sizga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.
Hozirda sirdaryolik vatandoshlarimizda ushbu yordamga ehtiyoj qolmadi.
Xayriya ishlari bilan bog‘liq boshqa yangiliklardan yana xabardor qilamiz”, deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborotida.
Moliyaviy xayriyalarni qabul qilish esa quyidagi hisob raqamlari orqali davom etmoqda.
1. Yuridik shaxslar uchun
23120000900001172001
MFO 01172
Poytaxt bank
2. Jismoniy shaxslar naqd pul o‘tkazishlari uchun
23116000400001172001
3. Payme va Click orkali pul o‘tkazmalarni
6262962209799486 Poytaxt bank
LiveBarchasi