Toshkentda qariyb 550 tup daraxt yoqib yuborildi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2022
7145Toshkentning Yashnobod tumanida 500 tupdan ortiq daraxt yoqib yuborilgani aniqlandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev Toshkent shahar prokuraturasiga tayanib xabar berdi.
Prokuraturaning bildirishicha, Yashnobod tumanidagi “Musamuxamedova-Djurayeva Dilfuza” fermer xo‘jaligi tegishli maydonda jami 533 tup, shundan 2 tup yong‘oq, 446 tup olxo‘ri, 83 tup terak daraxtlari noma’lum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilibdi.
Yashnobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barchani yana bir bor moratoriy talablariga rioya etishga, daraxtlarni yo‘q qilishdan tiyilishga chaqiramiz”, deydi deputat.
Avvalroq Buxoroda harbiy prokuror qimmatbaho daraxtlarni kestirib tashlagani aytilgandi. Bosh prokuratura holat o‘rganilayotginini ma’lum qilgandi. Biroq hamon o‘rganish natijasi bo‘yicha ma’lumot berilmadi.
LiveBarchasi