Toshkentda “SES” xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim mudiri pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim mudiri O.X. “N.Sh” ma’suliyati cheklangan jamiyatning 4 nafar ishchi xodimiga sog‘lomligi to‘g‘risida tibbiy daftarcha tayyorlab berishi evaziga MCHJ rahbaridan 1,7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida hokim yordamchisi pora olayotganida qo‘lga olingandi.

Charos Yunusaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent pora SES xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing