Toshkentda reyd: Malibu haydovchisi chaqirgan soxta xodimlar YPX inspektorlariga tahdid qildi

Jamiyat

image

Toshkentda “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi asosida o‘tkazilgan reyd tadbirlaridan birida o‘zini “xodim” deb tanishtirgan shaxs Yo‘l-patrul xizmati xodimlarini haqoratladi.

“Toshkent” telekanalida e’lon qilingan lavhada reyd davomida Malibu avtomobili hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatilganini ko‘rish mumkin. Avtomobil boshqaruvidagi ayol esa YPX xodimning so‘roviga javob bermay, telefon orqali tanishlarini chaqirgan.

Qo‘ng‘iroqdan so‘ng yetib kelgan ikki kishi YPX xodimlarini haqoratlab, ularga tahdid qilishgacha borgan. Ular shuningdek, voqeani tasvirga olayotgan operatorga ham tahdid qilgan.

“Yop kamerangni. Yop, deyapman. Hozir kamerangni sindirib tashlayman-da, qo‘lingga ming dollar beraman. Yangisini olasan. Tasvirga olma, xodimman”, degan ulardan biri.

Biroq yordamchi kuchlar yetib kelgach, ular hech qanday xodim emasligi oydinlashgan. Haydovchiga chora ko‘rilib, avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

reyd

Baholaganlar

812

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing