Toshkentda reyd boshlandi

Jamiyat

image
DXA premium-klass avtomashinali “dostavshik”larga “achchiq” murojaat yo‘lladi north_east

DXA premium-klass avtomashinali “dostavshik”larga “achchiq” murojaat yo‘lladi

Joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz avtomobil boshqarishni taqiqlashga qaratilgan qarori e’lon qilingan edi.

Shu sababdan, bugun 1 aprel kunidan boshlab Toshkent shahrida poytaxt IIBB, Milliy gvardiya va SENning qo‘shma reydi boshlandi.

Maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlarga jarima solinadi, transport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasiga stikersiz avtomobil boshqargan ko‘ra fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

471

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing