Toshkentda reklama videosida yerga pista po‘chog‘ini tashlagan shaxs jazolandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida ingliz tili kurslarini reklama qilish maqsadida ko‘chaga pista po‘choqlarini  tashlagan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqqa joylangan videorolikda O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunining 22-moddasi (Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish shartlari), 45-moddasi (Tabiatni chiqindilar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish), O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91¹-moddasi (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) 1-qismi talablari qo‘pol ravishda buzilgan.

Videoda bir qiz pista chaqib turgani va po‘choqlarini yerga tashlagani, shuningdek, pistalari solingan qog‘ozni ham yerga tashlagani tasvirlangan. Qog‘ozda esa reklama qilinayotgan o‘quv markazining nomi keltirilgan.

Holat bo‘yicha huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91¹-moddasining 1-qismi bilan BHMning 2 baravari, ya’ni 750 ming so‘m miqdorida jarima belgilanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda tushuntirish ishlari olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida fuqaro 13 tup tut daraxti kesib, tabiatga 738 million 750 ming so‘m zarar yetkazgani aniqlangandi.  


Maqola muallifi

Teglar

reklama toshkent pista

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing