Toshkentda pul evaziga Kanadaga jo‘natishni va’da qilgan firibgar ushlandi

3-sahifa

image

Uchtepa tumanida Kanadaga ishga yuborishini aytib, fuqarodan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, I.A. o‘z qarmog‘iga ilingan B.O.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida viza hujjatlarini rasmiylashtirib, Kanadaga ishga yuborishini aytgan.

Buning evaziga "uddaburon" 1100 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX xodimlari va departamentning Uchtepa tuman bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent DXX Bosh prokuratura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing