Toshkentda psixotrop dorilarni sotayotgan “aptekachi” ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida dorixona sotuvchisi xaridorga hech qanday hujjatsiz kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotayotgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “A.Sh.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi G.L. hech qanday hujjatsiz jami 245 dona “Reduksin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro B.M.ga 5,9 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

psixotrop dorilar "aptekachi"

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made