Toshkentda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi
3-sahifa
−
22 dekabr 2023
4284Toshkent viloyatida "Dolzarb 40 kunlik" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh aniqlandi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, Oqqo‘rg‘on tumanida 58 yoshli ayolning yonidan 57 dona "zardeks" va "tropikomid" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, u dorilarni o‘ziga tanish bo‘lgan ayoldan olgan.
Shuningdek, Uchtepa tumanida 1991 yilda tug‘ilgan ayolning xonadonidan 2 ming donaga yaqin "zardeks", "lirika" va "tropikomid" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilgan. Ushbu xonadonda bo‘lgan 1993 yilda tug‘ilgan shaxs ham ayolga yordamchi ekanligi, u dorilarni sotish uchun mijozlar topish va tarqatish bilan shug‘ullanishi aniqlandi.
Bundan tashqari, Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan tadbirda 1994 tug‘ilgan erkak ham 8 gr "mefedron" sintetik giyohvandlik vositasini 300 AQSH dollari va 4 mln 200 ming so‘mga (umumiy hisobda so‘m) sotayotgan vaqtida ushlangan.
Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida yuvinish xonasida 46 gr "mefedron" sintetik giyohvandlik vositasi saqlanayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Bildirilishicha, to‘rt kun davom etgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi bilan shug‘ullanuvchi 6 nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh qo‘lga olingan. Natijada 178 million so‘mlik jami 2 ming donadan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi, psixotrop dorilar hamda sintetik giyohvandlik vositalari muomaladan olindi.
Toshkent viloyatida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari hali ham davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida besh kishi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, ushlangandi.
LiveBarchasi