Farg‘onada 3,5 mingdan ziyod psixotrop dorilarni pullayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
27 may 2023
4936Farg‘onada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro R.S. tarkibida psixotrop moddalar bo‘lgan 588 dona dori vositasini fuqaro A.A.ga 2 950 AQSH dollariga, fuqaro M.M. esa kuchli ta’sir qiluvchi 3348 dona dori vositasini fuqaro M.A.ga 6,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sh.I.” xususiy korxonaga qarashli dorixona rahbari Sh.Yu. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan 130 dona dori vositasini o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi