Qo‘qon, Qorako‘l va Andijonda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
3-sahifa
−
16 dekabr 2023
7826Andijon, Qorako‘l va Qo‘qonda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.S. jami 173 dona "Zardeks" va "Fenobarbital" nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini “Mustaqillik” MFY hududida o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda "S.T." MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi M.B. xaridorga hech qanday hujjatsiz 20 dona "Gabaten" nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 106 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, "Q.S." MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi A.R. hech qanday hujjatsiz 40 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro N.R.ga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 60 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi departamentning xabarida.
LiveBarchasi