Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda
3-sahifa
−
02 dekabr
9955Toshkent shahrining Olmazor tumani prokuratura tergovchisi pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining maslahatchisi, jamoatchilik faoli Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Olmazor tuman prokuraturasi katta tergovchisi S. ga nisbatan tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilganida u kelishilgan 30 ming AQSH dollaridan 20 ming dollarini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Tergovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari xizmat mavqeidan foydalangan holda 1 mln AQSH dollari pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingandi. U xizmat mavqeidan foydalangan holda, klaster shaklidagi savdo majmuasi tashkil etish uchun 40 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan, shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga chiqartirib, yutib berish va 49 yil muddatga yerga egalik qilish huquqini rasmiylashtirishda ko‘maklashish evaziga 2 mln AQSH dollari talab qilib, oldindan 1 mln AQSH dollarini o‘zining haydovchisi orqali olgan vaqtida ushlangandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr