Toshkentda prokuratura “majburiy forma” uchun tilxat yozdirib olyaptimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi maktablardan birida o‘quvchilar yagona maktab formasi sotib olinishi shartligi aytilgan xabar tarqaldi. Unda holat bo‘yicha prokuratura xodimlari tilxat yozdirgani keltirilgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 19 may kuni qabul qilingan qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etilishi belgilagandi.  

Biroq, Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov majburiy bo‘lishi kutilayotgan maktab o‘quvchilarining yagona maktab formasini joriy qilish 2025 yilgacha qoldirilganini aytdi. Shaxsan vazir yagona forma bosqichma-bosqich joriy qilinishini aytdi, biroq aynan qanday bosqichlar bo‘lishiga aniqlik kiritmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yagona maktab formasi

Baholaganlar

453

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing