Toshkentda Prezident kortejiga halaqit bermoqchi bo‘lgan Gentra’ga o‘q uzilgani aytilmoqda (video)
3-sahifa
−
18 may 2023
87062Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt Toshkentda Prezident korteji harakatiga halaqit berishga uringan Gentra avtomashinasi o‘q uzib to‘xtatilgani haqida xabarlar va jarayon aks etgan video tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ muxbiri Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘landi.
Tarqalgan videoda avtomobil haydovchisi dastlab tegishli organ xodimlari tomonidan ogohlantirilgani, biroq buyruqqa bo‘ysunmay harakatda davom etgani uchun o‘q uzilganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng mashina to‘xtatilgan va kortej yo‘ldan o‘tgan.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Vazirlik xodimi kortej qaysi tashkilotga tegishli ekaniga aniqlik kiritmadi.
LiveBarchasi