Toshkentda Pompeo ishtirokida “C5+1” shaklidagi vazirlar uchrashuvi o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Kelasi haftaning 3 fevral kuni Toshkent shahrida “C5+1” shaklida navbatdagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Uchrashuvda Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etadi. 

Tashqi siyosat idoralari rahbarlarining Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhomkama qilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Maykl Pompeo C5+1

Baholaganlar

62

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing