Marko Rubio O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
15:56 2004 1 daqiqa
Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keladi. Bu haqda kecha, 24 sentyabr kuni AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil Serjio Gor ma’lum qildi.
“AQSH–Markaziy Osiyo strategik sherikligini rivojlantirish hamda ikki tomonlama diplomatik va savdo hamkorligini mustahkamlash maqsadida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio oktyabr oyi o‘rtalarida Samarqandga 100 dan ortiq Amerika kompaniyalaridan iborat tarixiy biznes delegatsiyasiga boshchilik qilishini faxr bilan e’lon qilaman”, deb yozdi Gor o‘z saytida.
Uning bildirishicha, tashrif davomida Rubio Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirlari bilan birgalikda C5+1 vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi. Muhokamalar C5+1 formati doirasida mintaqaviy iqtisodiy bog‘liqlikni chuqurlashtirish, energetika xavfsizligini mustahkamlash va umumiy mintaqaviy ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikdagi yechimlarni ilgari surishga qaratiladi.
Shuningdek, Rubio savdoni kengaytirish, xususiy sektor investitsiyalarini rag‘batlantirish va butun Markaziy Osiyo bo‘ylab iqtisodiy modernizatsiyani qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekiston rahbariyati va mintaqadagi mavqedoshlari bilan uchrashadi.
Live
Barchasi