Toshkentda podstansiyadagi transformator yana yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
09 iyul 3724 1 daqiqa
Kecha, 8 iyul kuni Olmazor tumanidagi podstansiya ichida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 20:23 da Toshkent shahri Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan podstansiya ichida transformator yonayotgani haqida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari soat 20:26 da hodisa joyiga yetib borgan. Voqea joyida yuqori kuchlanishli elektr kabellarida qisqa tutashuv sodir bo‘lgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyun kuni ham aynan Olmazor tumanidagi podstansiyalardan birida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Shuningdek, joriy yilning 28 iyun kuni podstansiyadagi nosozlik sababli Toshkent shahrining 4 ta tumanida elektr energiyasi uzilib qolgan edi. Elektr energiyasi o‘chib qolishi oqibatida Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida joylashgan “Dream Park” nomli istirohat bog‘idagi attraksionlarda fuqarolar qolib ketgan.
Shundan so‘ng, Toshkentda elektr uzilishining sabablarini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzildi.
Live
Barchasi