Toshkentda piyodalar yo‘lakchasida harakatlangan Damas haydovchisi jazolandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Damas avtomobili piyodalar yo‘lakchasida harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Damas haydovchisi avtomashinasiga antenna, “migalka”, “sirena” kabi vositalarni o‘zboshimchalik bilan qo‘yib olib, Toshkent shahrining Izzat ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan. Avtomashinaning davlat raqamidagi harflar ham yaxshi ko‘rinmaydigan holatga kelib qolgani aniqlangan.  

“Piyodalar yo‘lakchasiga birinchi qaradim. Hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilganimdan so‘ng tirbandlik sababli shu yo‘lakdan yurishga majbur bo‘ldim”, deydi yo‘l qoidasini buzgan Damas haydovchisi.

Ma’lum qilinishicha, Damas haydovchisiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomashina vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 24 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 6 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Damas Toshkent\

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing