Toshkentda perekis vodorod moddasi sizib chiqdi
3-sahifa
−
21 iyul 2025 18899 1 daqiqa
Bugun, 21 iyul kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan omborxonadan perekis vodorod moddasi ochiq havoga sizib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning Uzumbog‘ ko‘chasida havodan oltin gugurt hidi kelayotgani haqida poytaxt FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan boshqarmaning Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari aytilgan manzilga yetib borgan.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, omborxonada joylashgan sig‘imdan perekis vodorod moddasi ochiq havoga sizib chiqishi kuzatilgan.
Toshkent shahar FVB Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari tomonidan ushbu holat soat 04:00 da to‘liq bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 19 iyul kuni tonggi vaqtda Navoiy viloyatining Navoiy shahri hududini changsimon tutun qoplagani haqida xabar berilgandi. Hududda tahlil ishlari olib borilganda atmosfera tarkibida ammiak 1,4 barobar hamda vodorod sulfid 16,8 barobar me’yordan yuqoriligi aniqlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025