Toshkentda paxta omborxonasida yirik yong‘in yuz berdi

Jamiyat

image

Kecha, 14 iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida paxta omborxonasida yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Yong‘in soat 18:40 da Honabod ko‘chasi 4-uyda joylashgan "Toshkent mintaqaviy pahta terminali" MCHJ ga qarashli omborhonada yuz bergan. Yong‘in natijasida 1500 kv m maydon zarar ko‘rgan.

Yong‘in qutqaruv jangovor bo‘limlari manzilga soat 18:45 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 21:23 da to‘liq bartaraf etilgan. Omborhonaning 2100 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in joyiga 9 ta mahsus yong‘in o‘chirish tehnikalari jalb qilingan. Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

230

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing