Dunyoning eng yirik neft kompaniyasi O‘zbekistonda ishlamoqchi

Olam

image

Saudiya Arabistoni neft kompaniyasi Saudi Aramco “Lukoyl” bilan O‘zbekistondagi ikkita gaz loyihasida birga ishlashga qiziqish bildiryapti. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Rossiya tomoni “Lukoyl” Saudiya kompaniyasi bilan texnologik tajriba almashinuvi, tadqiqot va ishlab chiqarish hamda xalqaro loyihalar borasida hamkorlik qilish istagida ekanini bildirgan.

Saudiya tomoni ham “Lukoyl” bilan O‘zbekistondagi ikki gaz loyihasida ishtirok etishdan manfaatdorligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni milliy neft kompaniyasi Saudi Aramco neft qazib chiqarish bo‘yicha dunyoning eng yirik kompaniyasi hisoblanadi. 2018 yilda Saudi Aramco dunyoning eng serdaromad kompaniyasi bo‘lgan. kompaniyaning o‘tgan yildagi daromadi 111 mlrd dollarni tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Lukoyl Saudi Aramco

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing