Toshkentda ota-onalar bolasining sochi uchun jarimaga tortilgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda sochi o‘stirilganligi, soqoli olinmaganligi uchun o‘quvchilarning ota-onasi go‘yoki jarimaga tortilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat haqiqatdan yiroq bo‘lib, o‘quvchining tashqi qiyofasi uchun ota-onalar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

IIBBning eslatishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Avvalroq Toshkentdagi 142-maktabda sochi o‘sgan o‘quvchilarga qarshi reyd o‘tkazilib, jarayonga profilaktika inspektorlari ham jalb qilingandi. Holat aks etgan video va suratlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ammo o‘quvchilarning sochi va ularning bilimi o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligini hech kim tushuntirib bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing