Toshkentda ot sporti bo‘ycha Osiyo chempionati o‘tkaziladi

Sport

image

Aprel oyida bo‘lib o‘tadigan ot sporti bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Quvaytda Osiyo ot sporti federatsiyasining (AEF) navbatdagi Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda yangi Olimpiya tizimi siklida qit’a bo‘ylab ot sportini yanada rivojlantirishga doir masalalar ko‘pib chiqildi. Tadbirda O‘zbekiston nomidan mamlakat yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahrom Gaziyev qatnashdi.

Bosh Assambleya doirasida joriy yilning 1-3 aprel kunlari Toshkent konkur bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilishi belgilandi. Musobaqa “Universal Horses Stable” majmuasida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bahrom Gaziev yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing