Otabek Umarov O‘FAning kelgusi rejalari bilan tanishdi
Sport
−
06 dekabr
5995Kecha, 5 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov va mutasaddilar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga (O‘FA) borib, tashkilotning kelgusi rejalari bilan tanishdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston U-23 terma jamoasining 2028 yil Los-Anjeles mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini ta’minlashga qaratilgan strategik rejalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston yoshlar va ayollar terma jamoasi murabbiylari tomonidan jamoalarning 2028 yilgi Olimpiadaga qadar tayyorgarlik rejalari haqida ma’lumot berildi. Ushbu rejalar jamoaviy ishlash samaradorligini oshirish, jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish, futbolchilarning rivojlanish ko‘rsatkichlarini ilmiy tahlil qilib borish va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Uchrashuv davomida, shuningdek, infratuzilmani xalqaro standartlarga moslashtirish, farmakologiya va diyetologiya sohalarida ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish bo‘yicha ham fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunida MOQ hamda O‘FA futbol sport turini Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlariga yuqori saviyada tayyorlash va O‘zbekiston futboli oldida turgan yangi maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
LiveBarchasi