Zafar Imomxo‘jayev sharhga qaytadimi?

Sport

image

Taniqli sport sharhlovchisi, hozirda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ)ning matbuot va media departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Zafar Imomxo‘jayev hozirda sharhga qaytish niyatida emas. Bu haqda mutaxassis QALAMPIR.UZ'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ta’kidlash joiz, Zafar Imomxo‘jayev 17 yil davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritgan. Uning muallifligidagi “Futbol sharhi” dasturi o‘z vaqtida sport muxlislari orasida katta mashhurlikka erishgan. Ammo bugungi kunda O‘zbekiston professional futbol ligasi rahbari sifatida ishlab kelayotgan, uning jiyani Diyor Imomxo‘jayev muallifligidagi “Sokker klub” ko‘rsatuvi ta’sirida Zafar Imomxo‘jayev 2016 yil boshida “Sport” telekanalidan ishdan olingan va dasturning faoliyati to‘xtatilgan.

“Hamma narsa bo‘lishi mumkin. To‘g‘risini aytaman, o‘z vaqtida “Sport” telekanalidan ishdan bo‘shatilganimda ko‘nglimda alam qolib ketganmi, deb o‘ylab qolaman. Auditoriya bilan ishlashni, ko‘rsatuv tayyorlashni yoqtirardim. Menga hatto meni ishdan olish g‘oyasi tashabbuskori kim bo‘lgani ham qiziq emas. O‘sha vaqtda bu ish boshida  kim turgani bo‘yicha juda ko‘p variantlar ko‘rilgan. Bu televideniyega bog‘liq emas, bu holat futbol federatsiyasi bilan bog‘liq degan fikrlar ham kelgan. Lekin muhimi shuki, meni sevgan ishimdan ayirishdi va men ruhiy jihatdan o‘zimni tiklab olishim uchun ancha vaqt yo‘qotdim. O‘sha paytlardagi holatimni eslasam, menga juda og‘ir botadi. Ochig‘ini aytsam, sharhga qaytish borasida o‘ylayotganim yo‘q. Hozirgi ishimdan juda ham mamnunman”, deydi Zafar Imomxo‘jayev.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Zafar Imomxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing