Toshkentda “qora bozor” kursi 8430 so‘mga yetdi
Jamiyat
−
28 fevral 2019
4870Kecha, 27 fevral kuni Olmazor tumanida huquq-tartibot organi xodimlari 6 ming AQSH dollarini noqonuniy savdosiga chek qo‘ydi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha soat 14:20 da 28 yoshli Akmal K.V. 6 ming AQSH dollarini sotish evaziga olgan 50 580 000 so‘m (har bir dollar 8430 so‘mdan baholangan) pul bilan qo‘lga tushgan. Uning yonidagi pullar musodara qilingan.
Mazkur holat yuzasidan olmazor tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoiy ish ochilgan.