Toshkentda ona va bola qarindoshi tomonidan pichoqlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 31 yoshli ayol va uning 12 yoshli farzandi qarindoshi tomonidan pichoqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ona va bolani shifoxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar sababli ularning hayoti saqlanib qolgan.

Qayd etilishicha, ushbu holatni sodir etgan va qarindoshi ekani aytilayotgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida ota bufetdan so‘roqsiz yegulik olib yegan qizini kaltaklab o‘ldirgandi. Mazkur holat 2024 yilning oktyabr oyida viloyatning Marhamat tumanida sodir bo‘lgan. Qiz 6 sinf o‘quvchisi bo‘lgan. U maktab bufetidan so‘roqsiz yegulik olib yegan. Bir necha marotaba bu holat takrorlanganiga maktab o‘qituvchisi qizning ustidan otasiga shikoyat qilgan. Otaning bundan jahli chiqib, qizini qora rezina kamar bilan do‘pposlagan. Oqibatda qiz olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing