Toshkentda hokimlik ayollarga bayramona kayfiyat ulashmoqda

Jamiyat

Reklama
0:00

Toshkent shahrining “Xalqlar Do‘stligi” maydonida bugun tongdan bayramona kayfiyat hukm surmoqda. Toshkent shahar hokimligi poytaxtimizning xotin-qizlari uchun kelayotgan bayram munosabati bilan bugungi kunni chiroyli gullar, xush tabassum va ezgu tilaklar bilan kutib olishlarini, bir so‘z bilan aytganda, kunni bayramona o‘tkazishlari uchun o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahar xokimligi aynan “Xalqlar Do‘stligi” maydonidan o‘tib ishga shoshayotgan muhtarama ayollar, munis opa-singillarimizni gullar bilan qarshi olishib, ularga 8 raqami aks etgan ko‘krak nishoni taqdim etgan holda, ezgu so‘zlardan iborat bayram tilaklarini bildirilishib, xotin- qizlarimiz uchun tom ma’noda bayram kayfiyatini hadya etmoqda.

Mehribon, kuyunchak, oqila, mushtipar, sevimli va go‘zal ayollarimiz har doim shunchalik ko‘p va xo‘p madh etishga arziydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing