Toshkentda oxirgi 5 yilda birorta ham bola o‘g‘rilanmagan – poytaxt IIBB
Jamiyat
−
26 fevral 2023
5262So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda bola o‘g‘riligi bilan bog‘liq holatlar ko‘paygani haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot multimedia markazi boshlig‘i Nilufar Isaxanova brifing o‘tkazdi.
Joriy yilning shu davrida qadar poytaxtda bola o‘g‘irlanganiga oid 6 ta xabar tarqalgan. Ma’lum qilinishicha, har bir xabar o‘rganilgan, lekin birorta ham xabar o‘z tasdig‘ini topmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri hududida so‘nggi 5 yil davomida birorta ham bola o‘g‘irlanishi holati sodir bo‘lmagan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan.
“To‘g‘ri voyaga yetmaganlar orasida bedarak ketganlar bo‘lgan, lekin har bitta bola topilgan va oilasiga sog‘-salomat qaytarilgan”, deydi Nilufar Isaxanova.
Qayd etilishicha, voyaga yetmaganlarning uydan chiqib ketishiga asosiy sabab oilalardagi nizolar bo‘lgan. Kichik yoshdagi bolalarning yo‘qolishiga esa adashib qolgani sabab bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yilda 231 nafar voyaga yetmaganlar bedarak ketgan sifatida ro‘yxatga olingan. Xususan, 10 yoshgacha bo‘lgan 32 nafar bola, 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 32 nafar bola hamda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 167 nafar bola ro‘yxatda qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda o‘quvchini olib ketmoqchi bo‘lgan erkak 10 sutka muddatga qamalgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi