Toshkentda narkobiznes bilan shug‘ullanishda gumonlangan 7 kishi qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida giyohvand moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishda gumonlangan 7 nafar fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Kecha, 11 oktyabr kuni Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va Bosh prokuratura hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Toshkent shahrining Olmazor tumani “Quyosh” mahallasida giyohvand hamda psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullangan 7 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Manbaga ko‘ra, qo‘lga olingan fuqarolar ancha vaqtdan beri kuzatuvda bo‘lgan. Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining ikkita tumanida “gashish”ning har bir grammini 135-140 ming so‘mdan sotayotgan fuqaro ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent narkobiznes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made