Toshkentda muzey eksponatini soxtasiga almashtirgan mas’ul 9 yilga qamaldi
Jamiyat
−
24 fevral 2020
6651O‘zbekiston davlat san’at muzeyidagi “So‘zana” XIX-XX asrlarga tegishli san’at asari hisoblanadi. Ushbu eksponatning haqiqiyligini aniqlash bo‘yicha 2014 yil Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan inventarizatsiya jarayonida san’at asari asliga mos kelmasligi aniqlangan.
Inventarizatsiya natijalariga ko‘ra O‘zbekiston davlat san’at muzeyining o‘sha davrdagi Bosh muhofizi M.Usmonov tomonidan asarning soxtasiga almashtirilganligi ma’lum bo‘lgan. So‘zananing asliga mos kelmaganligi to‘g‘risida 2014 yil 28 may kuni 4-sonli dalolatnoma tuzilgan.
Bu ishlar yuzasidan vakolatli davlat tashkilotlari qarori asosida xukm chiqarilgan, Bosh muhofizga 9 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.
Madaniyat vazirligining ma’lum qilishicha, hozirda restetutsiya (xorijdan qaytarish) choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi