Kurs UZS

USD

12 994.59

13.7

EUR

14 761.85

38.92

RUB

157.68

-0.99

Toshkentda metro xodimini qo‘rqitib, undan pul olgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida metropoliten xodimiga tahdid qilib, undan pul undirib kelgan shaxs hibsga olindi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Rejim tartibini ta’minlash” xizmati xodimlari tomonidan avval Jinoyat kodeksining 166- (talonchilik) va 169-moddalari (o‘g‘irlik) bilan sudlangan fuqaro M.A. “Harakat” xizmati “Qo‘yliq” bekati navbatchisi A.A.ning shaxsiy hayotiga tahdid qilgani va zo‘ravonlik yo‘li bilan uni qo‘rqitib, 500 ming so‘m miqdori pul talab qilgani to‘g‘risida ma’lumot olingan. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi IIV Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlariga xabar berilgan. 

Natijada kecha, 10 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan “Toshkent metropoliteni” DUK “Rejim tartibini ta’minlash” xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda fuqaro M.A. metropolitenning “Harakat” xizmati bekat navbatchisi A.A.dan “Qo‘yliq” metro bekatida tovlamachilik yo‘li bilan navbatdagi 500 ming so‘m pulni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, hozirda M.A. huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida 44 yoshli erkakni pichoq bilan qo‘rqitib, 1900 dollarini o‘g‘irlagan 23, 24 va 17 yoshli yigitlar ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent talonchilik metropoliten xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing