Toshkentda Matiz qariyani urib yubordi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Matiz rusumli avtomobil haydovchisi “peshexod”dan o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa kecha, 5 noyabr kuni soat 13:10 larda Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasida sodir bo‘lgan.

2000 yilda tug‘ilgan B.N. “Matiz” mashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 1941 yilda tug‘ilgan piyoda X.S.ni urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 83 yoshli piyoda tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahridagi Botanika bog‘i yonida Lasetti mashinasi 2 piyodani urib yuborgandi. 8 oktyabr kuni esa Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 19 yoshli yigit transport vositasini boshqarib ketayotib, 50 yoshli erkakni urib yuborishi oqibatida piyoda vafot etgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing