Toshkentda mart oyida ijara narxlari qancha bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida mart oyida xonadonlar uchun ijara narxlari pasaygan. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari ijara narxlarining o‘zgarishini tahlil qildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, Toshkent shahrida xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. 2022 yilda xonadonlar uchun ijara narxlari o‘sa boshlagan va oktyabr oyiga kelib, o‘zining eng yuqori nuqtasiga chiqqan, so‘ngra pasaya boshlagan.

Ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, o‘tgan yilda shahar bo‘yicha o‘rtacha ta’mirlangan xonadon uchun ijara narxi 526 AQSH dollariga chiqqan. Joriy yilning mart oyida ijara uchun o‘rtacha narxlar fevral oyidagiga nisbatan 2 foizga pasaygan va 411 AQSH dollarini tashkil etgan.

O‘rtacha ta’mirlangan 2 xonali uy uchun ijara narxi 340 dollardan (Sergeli) 460 dollargacha (Yakkasaroy) o‘zgargan holda Toshkent shahri uchun o‘rtacha 411 dollarni tashkil etgan. 3 xonali uylar uchun esa narxlar 380 dollardan (Sergeli) 600 dollargacha (Mirobod) o‘zgargan holda Toshkent shahri uchun o‘rtacha 480 AQSH dollarini tashkil etgan. Ta’mirlangan 1 xonali uy uchun o‘rtacha ijara narxi 320 dollarni, 4 xonali uy uchun 600 dollarni, 5 xonali uy uchun 660 dollarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 83 018 nafar talaba rasmiy ravishda ijarada turishi ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ijara narxlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing