O‘zbekistonda qancha talaba rasmiy ravishda ijarada turadi?
Jamiyat
−
27 mart 2023
5266O‘zbekistonda 83 018 nafar talaba rasmiy ravishda ijarada turishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 1 mart holatiga ko‘ra, soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari soni 307 063 tani tashkil etgan.
Qayd etilishicha, talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari soni 50 976 tadan, rasmiy ravishda ijarada turuvchi talabalar soni esa 83 018 nafardan iborat.
Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 228,5 mingta ijara shartnomalari asosida 21,7 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblangan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 53,7 foizga va daromad solig‘i summasi 34,4 foizga oshgan.
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 78,5 mingta ijara shartnomalari asosida 39,8 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblangan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 25,9 foizga va daromad solig‘i summasi 35,6 foizga ko‘paygan.
Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 7,8 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
LiveBarchasi