Toshkent markazida qurilayotgan uyda yong‘in chiqdi

Jamiyat

image

Kecha, 12 iyul kuni tunda Toshkent shahri, Mirobod tumanida qurilayotgan yangi uylardan birida yirik yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, soat 22:31da, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasida yangi qurilayotgan uyning tom qismida yog‘ochli qurilish xavozalari (stroitelnыye lesa) 60 kv metr maydonda yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 22:36 da yetib borgan.

Ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 23:10da qurshab olinib, soat 23:38da bartaraf etilgan. Yong‘in payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan deb, tahmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 8 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Sodir bo‘lgan yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Toshkent shahar

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing