Toshkentda Malibu urib yuborgan 74 yoshli fuqaro halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 8 avgust kuni poytaxt Toshkentda Malibu-2 mashinasi 74 yoshli fuqaroni urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 8 avgust kuni soat 23:50 larda Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘lida Malibu-2 mashinasi 1949 yilda tug‘ilgan M.H.ni urib yuborgan. Fuqaro olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing