Toshkentda maktab o‘quvchilarining janjali bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi (video)
3-sahifa
−
25 noyabr 2022
17255Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 24 noyabr kuni taxminan soat 16:50 larda yuz bergan. Mirobod tumanidagi Parvona mahallasida 125-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9 va 10-sinf o‘quvchilari futbol o‘ynayotgan vaqtida o‘zaro urushib ketishgan.
Ularning janjali shu atrofda bo‘lgan fuqarolar tomonidan to‘xtatilgan. Og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo‘yicha Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi