Toshkentda maktab o‘quvchilari janjallashdi
3-sahifa
−
03 iyun 2023
7113Toshkent shahridagi maktablarning birida 9- va 10- sinf o‘quvchilari o‘rtasida janjal kelib chiqdi va uning oqibatida ikk nafar o‘quvchi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 23 may kuni taxminan soat 11:00 larda Chilonzor tumanida joylashgan maktablardan birining oldida 10- hamda 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. 2006 yilda tug‘ilgan A.X. va D.O‘. hamda 2007 yilda tug‘ilgan Sh.E. va I.T. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Janjal oqibatida Sh.E. va I.T. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Sh.E. va I.T.ga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.