Toshkentda maktab direktori o‘quvchini kaltakladi. IIB xodimi tomoshabin (video)

3-sahifa

image

QALAMPIR.UZ'ga Toshkent shahridagi 217-maktab direktorining o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video kelib tushdi. Holat yuzasidan shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat berdi.

Qayd etilishicha, videoda aks etgan voqea joriy yilning 19 sentyabr kuni ro‘y bergan. Shu kuni 217-maktabning 8-“B” sinf o‘quvchilari A.M. hamda Sh.I.lar sinfxonasida o‘zaro mushtlashib qolgan. A.M. sinfdoshining yuziga musht tushirib, tan jarohati yetkazgan.

Bundan xabar topgan maktab ma’muriyati o‘quvchilarni direktor xonasiga chaqirgan. Maktab direktori Y.Sh. ma’anaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari G.X., Chilonzor tuman inspektor psixologi, katta leytenant M.I. guvohligida o‘quvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borgan. O‘quvchi A.M.ga tanbeh berish chog‘ida maktab direktori jahl ustida uni so‘kib, kaltaklagan va tartibga chaqirgan.

Videodan ko‘rinib turibdiki, maktab direktori o‘quvchini urayotgan vaqtda inspektor voqeaga tomoshabin bo‘lib o‘tiribdi.

Yuqoridagi holat yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari, maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar, IIB xodimlari va ota-onalar ishtirokida ham yig‘ilish o‘tkazilgan.

Ayni paytda voqea huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganilmoqda.

“Hurmatli pedagoglar! O‘quvchilarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatish, jumladan, ularni haqoratlash, kaltaklash pedagog etikasiga to‘g‘ri kelmasligini, buning uchun qonunchiligimizda jazo choralari belgilab qo‘yilganligini yana bir bor eslatib o‘tamiz. Yuqoridagi kabi xunuk holat pedagog obro‘siga putur yetkazadi, xolos”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent maktab direktori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing