Toshkentda lift 9-qavatdan pastga tushib ketgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi "novostroyka"lardan birida ichida odamlari bo‘lgan lift 9-qavatdan pastga tushib ketgani haqidagi video tarqaldi.

Voqea 24 oktyabr kuni Parkent ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgani aytilmoqda. Unga ko‘ra, lift to‘qqizinchi qavatdan tushishda tezlashgan. Faqat beshinchi qavatga yaqinlashganda avtomatik tormoz tizimi ishga tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, lift ishlab chiquvchi tomonidan tekshiruv asosida foydalanishga topshirilmagan.

Aholi binodagi ayrim liftlar ehtiyot qismlari yetishmagani uchun ishlamay qolayotganidan shikoyat qilgan. Ushbu ko‘p qavatli binoning esa uch yil avval foydalanishga topshirilgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida 32 yoshli ayol yangi qurilgan uylarning liftidan jonsiz holatda topilgani juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bu voqea hatto xorijiy nashrlarda ham muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, mazkur masala yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Joriy yilning 4 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 43-yalpi majlisida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylardagi liftlar bilan yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rtaga tashladi.  


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent lift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing