Toshkentda Lacetti piyodani uchirib yubordi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumanida Lacetti haydovchisi piyodani urib yuborgani aks etgan ayanchli video tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Keltirilishicha, joriy yilning 13 aprel kuni soat 10:50 larda Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida 2002 yilda tug‘ilgan R.I. Lacetti avtomashinasida 47 yoshli piyodani urib yuborgan. Videodan ko‘rish mumkinki haydovchi urib yuborishi oqibatida piyoda bir necha metr joyga uchib ketgan.

Ma’lum bo‘lishicha, piyoda tartibga solinmagan o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotganda yo‘l-transport hodisasiga uchragan. 

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ushbu voqea sodir bo‘lganiga ancha vaqt o‘tgan bo‘lsada, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat bo‘yicha ancha kech, aniqrog‘i halokat tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng ma’lumot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made